PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA
Kitob mualliflari
X.I. Ibragimov,
U.A. Yo'ldoshev,
X. Bobomirzayev,
O'zbekistonda ta’lim sohasini isloh qilishning asosiy omШaгidan
biri shaxs manfaati va ta’lim ustuvorligidir. Bu omil davlatimizning
ijtimoiy siyosatini belgilab berganligi tufayli ta’limning yangi modeli
yaratildi. Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan bu modelni amalga
oshirish bilan hayotimiz jabhalarida ro‘y beradigan “portlash effekti”
natijalari ro‘yirost ko‘rsatib berildi, ya’ni:
— ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta’sir qiladi va natijada mamlakatimizdagi mayjud muhit bilan o‘zgartiradi;
— insonning hayotdan o‘z o‘mini topish jarayoni tezlashadi;
— jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib
keladi;
— jamiyatimizning potensial kuchlarini ro‘yobga chiqarishda juda
katta ahamiyat kasb etadi;
— fuqarolik jamiyati qurilishini ta’minlaydi, model vositasida dunyodan munosib o‘rin olishga, o‘zbek nomini yanada keng yoyib tarannum etishga erishiladi.
“Portlash effekti” sari shijoat bilan qadam tasWash, yo'llarda uchraydigan qiyinchiliklami bosqichma-bosqich va izchil hal etish masalalari nafaqat pedagog nazariyachi va amaliyotchilarni junbushga
keltiradi, balki jamiyatimizni to‘liq pedagoglashtirish muammosini
ijtimoiy buyurtma sifatida keltirib chiqaradi.
Demak, jamiyatimizning har bir fuqarosini tarbiya asoslari bilan
tanishtirish, yosh avlodni barkamol inson qilib voyaga yetkazish jarayonini yangi pedagogik “qurol” va vositalar bilan ta’minlash davr taqozosidir.
Ushbu aytilgan fikr va tamoyillardan kelib chiqqan holda biz pedagoglar oldida ta’lim-tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish, diagnostikalash, korreksiyalash va shular asosida uzluksiz metodik xizmatni
joriy etishni taqozo etadi. Ushbu o‘quv qo‘llanma yuqoridagi ishlami
bajarishga xizmat qiladi, degan umidda tuzildi. Fikr va mulohazalaringizni kutamiz
Fan yoʻnalishi: |
| Amaliy fanlar |
|
UDK |
88.8 |
Kitob nashriyoti nomi: |
O'zbekiston faylasuflar milliy jamiyati |
Kitob nashr qilingan shahar:
|
Toshkent |
ISBN: |
978-9943-319-74-5 |
Kitob nashr qilingan yili: |
2009 Yil |
Betlar Soni: |
402 |